180119, Qarshi shahar, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.
2, 6, 7, 30-avtobuslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvar 16-sonli buyrug‘iga asosan 2024-yilning 24-25 may kunlari Qarshi davlat universitetida “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
2024-yilning 10-may sanasiga qadar. Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2024-yilning 24-25 may kunlari Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.
Tezis materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjumanga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar tezis topshirishlari mumkin.
Yuborilgan materiallarda keltirilgan ma’lumotlar asosli va to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar. Yuborilgan tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va talablarga mos kelmagan tezislar chop etilmaydi.
Tashkiliy badal miqdori har bir tezis uchun 💵 100 000 (yuz ming) so‘m bo‘lib, to‘lov 💳 9860 1801 0975 0851
(Mahbuba Samadova) karta raqami orqali qabul qilinadi.
Mualliflar to‘lov bo‘yicha 📞 +998949818896
raqami orqali ma’lumot olishlari mumkin.
2024-yil 24-25-may kunlari Qarshi davlat universitetida o‘tkaziladigan "Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamidan konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tanlab olingan tezislarni kengaytirilgan variantlarini QarDU xabarlari Ilmiy-nazariy, uslubiy jurnalining maxsus sonida chop etiladi.
Ma'lumot o‘rnida, jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/6-son qarori bilan fizika-matematika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga ( https://oak.uz/pages/4802 ) kiritilgan.